Bepul IT-Akademiya
IT sohasini noldan o‘rganib, kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (ATMU) qoshida tashkil etilgan Dasturlash va Kiberxavfsizlik kurslari sizga poytaxt IT muhitida, ilg‘or xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu yerda mashg‘ulotlarni Toshkentdan maxsus taklif etilgan, yirik loyihalarda toblangan Senior dasturchilar hamda tizimli himoya va xavfsizlik auditida ko‘p yillik tajribaga ega amaliyotchi kiberxavfsizlik ekspertlari olib boradi.
FRONT-END ENGINEERING KURSI
Zamonaviy veb-interfeyslar yaratishni noldan o'rganasiz: semantik HTML va CSS'dan tortib, JavaScript hamda React.js yordamida interaktiv, responsive va tezkor veb-ilovalar qurishgacha. Kurs davomida Git, REST API va sun'iy intellekt vositalaridan foydalangan holda real loyihalar ustida ishlaysiz.
BACK-END ENGINEERING KURSI
Server tomonidagi dasturlashning barcha bosqichlarini — PHP va OOP asoslaridan Yii2 freymvorki, MySQL ma'lumotlar bazasi va REST API'gacha — amaliy loyihalar orqali o'rganasiz. Docker, autentifikatsiya va deployment jarayonlari bilan ham tanishasiz.
KIBERXAVFSIZLIK (ETHICAL HACKING) KURSI
Tarmoq xavfsizligi, tizimlarni himoyalash va penetratsion testlash metodologiyasini amaliyotchi ekspertlar rahbarligida o'rganasiz. Kali Linux, Burp Suite va OWASP Top 10 asosida real zaifliklarni aniqlash va bartaraf etishni mashq qilasiz.
BOLALAR UCHUN IT-KIDS
Bolalar uchun mo'ljallangan bu yo'nalishda kompyuter savodxonligi, vizual dasturlash va robototexnika asoslari o'yin shaklidagi mashg'ulotlar orqali o'rgatiladi. Bolalarda mantiqiy tafakkur, ijodkorlik va internetda xavfsiz xatti-harakat ko'nikmalari shakllantiriladi.