Xalqaro grant dasturlari

ATMU talabalari va professor-o'qituvchilari uchun xorijiy universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli grant va almashinuv dasturlarini taqdim etadi. Bu dasturlar orqali xorijda ta'lim olish, malaka oshirish va ilmiy tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.

Mavjud xalqaro grant turlari

  • Talabalar akademik almashinuv dasturlari — bir yoki ikki semestrlik xorijiy universitetlarda ta'lim olish imkoniyati.
  • Qo'shma ta'lim va ikki diplomli dasturlar doirasidagi grantlar.
  • Xorijiy tashkilotlar tomonidan ajratiladigan xalqaro stipendiya va grant dasturlari.
  • Professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish va ilmiy stajirovka grantlari.

Grantga murojaat qilish shartlari

  • Chet tilini (asosan ingliz tilini) tegishli darajada bilish va til sertifikatiga ega bo'lish.
  • Yuqori akademik ko'rsatkich (GPA) va intizomiy jazolarning yo'qligi.
  • Tanlangan dastur talablariga mos motivatsion xat va tavsiyanoma tayyorlash.
  • Xalqaro aloqalar bo'limi orqali belgilangan muddatda ariza topshirish.

Ariza topshirish bosqichlari

  • E'lon qilingan dastur va uning talablari bilan tanishib chiqiladi.
  • Zarur hujjatlar (transkript, til sertifikati, motivatsion xat) paketi tayyorlanadi.
  • Xalqaro aloqalar bo'limiga ariza va hujjatlar topshiriladi.
  • Tanlov natijalari asosida hamkor universitet bilan rasmiylashtirish amalga oshiriladi.