Xalqaro konferensiyalar

Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti (ATMU) - O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, zamonaviy ta'limning ilg'or markazi bo'lib, 2017-yilda tashkil etilgan. Universitet axborot texnologiyalari va menejment sohalarida yuqori malakali, global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. ATMU innovatsion ta'lim metodlari, ilg'or ilmiy tadqiqotlari va zamonaviy texnologik infratuzilmasi bilan ajralib turadi.
Hozirda ATMU 3 ta zamonaviy o'quv binosiga ega bo'lib, ular talabalar uchun qulay va ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarni o'z ichiga oladi. Universitetda 260 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi, ular orasida tajribali mutaxassislar va akademiklar mavjud. Bugungi kunda ATMUda 8500 tadan ziyod talaba zamonaviy bilimlarni o'zlashtirmoqda. Shuningdek, universitet 1000 o'rinli 2 ta talabalar turar joyi bilan ham ta'minlangan bo'lib, bu yerda talabalar uchun barcha qulay yashash sharoitlari yaratilgan. ATMU talabalarga eng so'nggi innovatsion texnologiyalar bilan ta'lim olish imkoniyatini taqdim etib, ularni global miqyosda muvaffaqiyatli karyera qurishga tayyorlaydi. Universitetimiz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi:

2026 - yil

2025 - yil