Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti kengashining 2025-yil 15-avgustdagi yig'ilishi

Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti (ATMU) – O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, zamonaviy ta'limning ilg'or markazi bo'lib, 2017-yilda tashkil etilgan. Universitet axborot texnologiyalari va menejment sohalarida yuqori malakali, global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. ATMU innovatsion ta'lim metodlari, ilg'or ilmiy tadqiqotlari va zamonaviy texnologik infratuzilmasi bilan ajralib turadi.

Hozirda ATMU 3 ta zamonaviy o'quv binosiga ega bo'lib, ular talabalar uchun qulay va ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarni o'z ichiga oladi. Universitetda 260 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi, ular orasida tajribali mutaxassislar va akademiklar mavjud. Bugungi kunda ATMUda 8500 tadan ziyod talaba zamonaviy bilimlarni o'zlashtirmoqda. Shuningdek, universitet 1000 o'rinli 2 ta talabalar turar joyi bilan ham ta'minlangan bo'lib, bu yerda talabalar uchun barcha qulay yashash sharoitlari yaratilgan.

ATMU talabalarga eng so'nggi innovatsion texnologiyalar bilan ta'lim olish imkoniyatini taqdim etib, ularni global miqyosda muvaffaqiyatli karyera qurishga tayyorlaydi. Universitetimiz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi:

Ilmiy daraja sohiblari:

  • Ismoilova Gulnora Fayzullayevna — Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc);
  • Tashev Komil Axmadovich — Texnika fanlari doktori (DSc);
  • Aliqulov Akmal Xushmuratovich — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Delov To‘lqin Erkinovich — Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Uzakova Mamura Abdurayimovna — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Maxmudov Jaxongir Xakim o‘g‘li — Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Turayeva Nasiba Mirxamidovna — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Mardiyev Ulug‘bek Mardiyevich — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Bozorov Suhrobjon Mumin o‘g‘li — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
  • Axmedova Nozima Farhod qizi — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD).

ATMU xalqaro standartlar asosida ta'lim berib, talabalariga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham taqdim etadi. Universitet ilg'or laboratoriyalar, zamonaviy kompyuter sinflari va raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lib, bitiruvchilarimizni global mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonishga tayyorlaydi. ATMU shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirib, talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini faol ravishda amalga oshiradi.