AQSHda Working travel dasturi
Yozgi kanikullar davomida AQSHning turli shtatlarida ishlash va sayohat qilish imkoniyati. J-1 madaniy almashinuv vizasi asosida amalga oshiriladi.
Dastur imkoniyatlari
- AQSHning turli shtatlarida rasmiy ish shartnomasi asosida vaqtinchalik ishlash imkoniyati.
- Ingliz tilini amaliyotda rivojlantirish va xalqaro muloqot tajribasi orttirish.
- Dastur yakunida mamlakat bo'ylab sayohat qilish uchun qo'shimcha vaqt (Travel period).
- Xalqaro tarmoq (networking) va kelajakdagi karyera imkoniyatlarini kengaytirish.
Ishtirok etish talablari
- Kunduzgi bo'limda tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabasi bo'lish.
- Ingliz tilini o'rta darajada (Intermediate va undan yuqori) bilish.
- Amaldagi xalqaro pasport va sog'liq holati bo'yicha tibbiy ma'lumotnomaga ega bo'lish.
- Suhbat (interview) bosqichidan muvaffaqiyatli o'tish.
Diqqat!
Qo'shimcha ma'lumot uchun: xalqaro aloqalar bo'limi, info@atmu.uz