LIAA universiteti bilan memorandum imzolandi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (ATMU) bilan LIAA universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Memorandumga ko'ra, ATMU talabalari 2+2 qo'shma ta'lim dasturi asosida xalqaro ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi: o'quvning dastlabki ikki yili ATMUda, keyingi ikki yili esa LIAA universitetida davom ettiriladi va bitiruvchilarga ikkala universitet tomonidan diplom taqdim etiladi.
- Ikki tomonlama akademik almashinuv dasturlari
- 2+2 qo'shma ta'lim orqali xalqaro diplom olish imkoniyati
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari bo'yicha hamkorlik
- Kelgusida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi kengaytiriladi.