LIAA universiteti bilan memorandum imzolandi
Talabalar 2+2 dasturi asosida xalqaro ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi
Memorandumga ko'ra, ATMU talabalari 2+2 qo'shma ta'lim dasturi asosida xalqaro ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi: o'quvning dastlabki ikki yili ATMUda, keyingi ikki yili esa LIAA universitetida davom ettiriladi va bitiruvchilarga ikkala universitet tomonidan diplom taqdim etiladi.
- Ikki tomonlama akademik almashinuv dasturlari
- 2+2 qo'shma ta'lim orqali xalqaro diplom olish imkoniyati
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari bo'yicha hamkorlik
- Kelgusida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi kengaytiriladi.